Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yulduz Usmonova Oliy sudda ham yutqazdi

Yulduz Usmonova Oliy sudda ham yutqazdi

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va xonanda Yulduz Usmonova o‘rtasidagi mualliflik huquqiga doir ish Oliy sudda ham ko‘rib chiqildi.

Deputat Rasul Kusherbayevga ko‘ra, ish shoir Y. Ro‘ziyev foydasiga hal etilib, Yu.Usmonovaning shikoyati qanoatlantirishdan rad etildi.

Eslatib o‘tamiz, Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudi Yulduz Usmonovadan shoir foydasiga «Xasta bo‘lma» nomli she’ridan mualliflik huquqini buzib foydalangani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargandi.

Unga ko‘ra, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

So‘ngra Yulduz  Usmonova Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati kiritgan.

Toshkent shahar sudi birinchi instansiya sudi qarorini ko‘rib chiqib, o‘z kuchida qoldirish haqida qaror qabul qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring