Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh tadbirkor Yunusobodda yangi bog‘ tashkil etish g‘oyasi bilan chiqdi

Yosh tadbirkor Yunusobodda yangi bog‘ tashkil etish g‘oyasi bilan chiqdi

Foto: «Toshkent.uz»

Toshkent shahar hokimligida tadbirkor va xorijiy investorlar uchun tashkil etilayotgan «Ochiq eshiklar kuni»da bir qator yangi zamonaviy loyihalar taqdim etilgani haqida xabar bergandik.

Shahar hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ishtirokchilar qatorida yosh tadbirkorlarimiz ham bor. Jumladan, Sardor Rahmonov poytaxtning gullab-yashnashiga o‘z hissasini qo‘shishishga tayyorligini bildirgan.

U poytaxtimizning Yunusobod tumani 4-mavze Quloqtepa ko‘chasi 3-uyning oldida «BILLUR BOLALAR BOG‘I»ni tashkil etish bo‘yicha yangi loyihasi bilan ishtirok etdi va bu loyihadan umidi katta ekanligini bildirdi. U ushbu maskan bolajonlarga va poytaxtimiz mehmonlari uchun ajoyib sayilgoh bo‘lishiga ishonadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring