Yo‘lda bezorilik qilgan haydovchilar uchun javobgarlik joriy etiladi
O‘zbekistonda «Ravon yo‘l» va «Yo‘l – piyoda uchun» tamoyillari joriy etiladi. Unga ko‘ra, 2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida qo‘yidagilar belgilangan:
– ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda yo‘l harakatini tashkil etishda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va o‘zaro hamkorligini «Ravon yo‘l» tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun normalari bilan tartibga solish, «Yo‘l – piyoda uchun» tamoyilini keng joriy etish;
– transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etiladigan «yo‘lda bezorilik» holatlari bilan ifodalanadigan xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish;
– Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimiga va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish jarayoniga joriy etish;
– «Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi» shiori ostida umumta’lim muassasalarida «Yo‘l harakati qoidalari» bo‘yicha o‘quv tadbirlarini tashkil etish;
– Umumta’lim muassasalarida «Harakat xavfsizligi sinfxonalari»ni, mahallalarda «Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari»ni tashkil etish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter