«Yil tanlovi – 2022» sarhisobi bo‘lib o‘tdi
Bugun Rost24.uz sayti tomonidan o‘tkazilgan «Yil tanlovi – 2022» marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar, birlashmalar o‘rtasida yilning eng namunalilari saralandi.
Unda o‘tgan 2022-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizimda ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari e’tirof etildi.
Tanlovda ijtimoiy so‘rov hamda jurnalist va blogerlarning e’tirofi asosida –
«Eng namunali viloyat»
- Samarqand viloyati
- Navoiy viloyati
- Qashqadaryo viloyati
«Yilning eng namunali vazirligi»
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
- Adliya vazirligi
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
«Eng namunali jamoat tashkiloti»
- «Yuksalish» umummilliy harakati
- O‘zbekiston inson huquqlari Ezgulik jamiyati (Abdurahmon Tashanov)
«Yilning eng yaxshi hududi» (Maxsus nominatsiya)
- Qoraqalpog‘iston (Hududda xalq birdamligini o‘rnatgani uchun)
«Yilning eng faol matbuot kotibi»
- Nazokat Azimova (Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi)
- Hayot Shamsutdinov (Bosh prokuratura matbuot kotibi)
- Bekzod Qobulov (Toshkent viloyat hokimligi matbuot kotibi)
- Husan Tangriyev (Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi)
«Bank yo‘nalishi bo‘yicha 2022-yilning eng faol matbuot kotibi»
- Gulnoza Alimova (Xalq banki matbuot kotibi)
«Eng namunali davlat tashkiloti»
- Yoshlar ishlari agentligi
- Pensiya jamg‘armasi
«Eng yomon ishlagan deb topilgan davlat tashkiloti»
- Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi
- Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligidan ham jurnalistlar faolroq bo‘lishni so‘rashgan.
«2022-yilda samarali ishlay olmagan hudud»
- Surxondaryo viloyati
«Yilning eng samarasiz ishlagan vazirligi»
- Sog‘liqni saqlash vazirligi
«Yilning eng yaxshi tashabbusi»
- Mehrinoz Abbosova (wiki.uz loyihasi)
«Davlat telekanallaridagi eng yaxshi loyiha»
- Madaniyat va ma’rifat telekanalining «Qaqnus» loyihasi (Shuhrat Oripov)
«Matonatli ayol»
- Zaynabxon Qo‘chqorova (Marhum Ravshanbek Abdusattorovning onasi. Uning yolg‘iz o‘g‘li 15 yoshli Ravshanbek Andijon qamoqxonasida kaltaklanib vafot etgan. Ona davlat rahbariga murojaat qilib, adolatni tiklashini so‘radi.)
«Rost e’tirofi» (Maxsus nominatsiya)
- Karim Bahriyev (jurnalist)
- Karimberdi To‘ramurod (jurnalist)
«O‘zbekiston jurnalistikasiga qo‘shayotgan hissasi uchun» (Maxsus nominatsiya)
- Gulnora Bobojonova (O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi)
«Yilning eng faol viloyat kengashi deputati»
- Dilfuza Jo‘rayeva (Surxondaryo viloyati)
«Xalqqa yordam berayotgan kengash deputati»
- Jahongir Mirzayev
«Yilning eng faol deputati»
- Rasul Kusherbayev
«Xalqning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishdagi hissasi uchun»
- Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
«2022-yilning eng intellektual blogi»
- «Asanov formati» blogi (Eldor Asanov)
«O‘zbek mediasi bilan eng yaxshi madaniy hamkorlik o‘rnatgan xorijiy tashkilot»
- Turkiya elchixonasi
- Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi
«Yilning media yangiligi»
- «Tog‘a va bobo» (Erkin Bozorov)
«Yilning media lideri»
- Kun.uz sayti
«2022-yilda davlat dasturlari ijrosida eng faol qatnashgan bank»
- «Qishloqqurilish bank» ATB
«2022-yilning eng yaxshi moliya muassasasi»
- «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki (Fermerlik ta’limini rivojlantirishdagi jonbozligi uchun)
«O‘zbekistonda yil odami»
- Nodirbek Abdusattorov (Shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni (rapid), jahon shaxmat olimpiadasi chempioni.
Tadbirda, shuningdek, sovrinli o‘yinlar ham o‘ynaldi. G‘olib jurnalistlar telefon va planshet yutib olishdi.
Xabar.uz sovrindorlarni chin qalbdan muborakbod etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter