«Yil tanlovi-2020» g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi an’anaviy «Yil tanlovi»ni o‘tkazdi.
Agentlik o‘tgan 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o‘rtasida an’anaviy tanlovini e’lon qilgan edi.
Mazkur tanlov ijtimoiy so‘rov hamda jurnalist va blogerlarning e’tirofi asosida «Eng namunali hudud», «Eng namunali vazirlik», «Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti», «Eng namunali tuman», «Yilning eng faol matbuot kotibi» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha saralandi. Shuningdek, qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar ham g‘oliblari ham e’lon qilindi.
«Yil tanlovi-2020» g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishing.
«2020-yilning eng namunali tuman va shahri»
I o‘rin
Farg‘ona shahri
II o‘rin
Uchtepa tumani
III o‘rin
Payariq tumani
«2020-yilning eng namunali vazirligi»
I o‘rin
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
II o‘rin
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
II o‘rin
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
III o‘rin
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
«2020-yilning eng namunali hududi»
I o‘rin
Samarqand viloyati
II o‘rin
Sirdaryo viloyati
III o‘rin
Qashqadaryo viloyati
«2020-yilning eng namunali davlat tashkiloti»
I o‘rin
Davlat xizmatlari agentligi
II o‘rin
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
II o‘rin
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi
III o‘rin
O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi
«Yilning eng faol matbuot kotibi»
I o‘rin
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev
II o‘rin
Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Qobulov
III o‘rin
Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva
* * *
«2020-yilning eng faol jamoat tashkiloti»
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
«Pandemiya davrida volontyorlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirgani uchun»
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
«Yil yangiligi»
Propiska tizimining isloh etilishi
O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi
«2020-yilning eng yaxshi targ‘ibot tadbirlari tashkilotchisi»
«O‘zbekkino» milliy agentligi
«2020-yilning eng yetakchi partiyasi»
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
«2020-yilning eng ijtimoiy faol fuqarosi»
Aqida Abidovna Maxirova (Aqida xonim)
«Neft va gaz sohasida eng ilg‘or korxona»
«Eriell Group» kompaniyasi
2020-yilda «Xorijiy nashrlarda eng ko‘p chiqish qilgan tashkilot»
«O‘zgidroloyiha» aksiyadorlik jamiyati
«O‘zbekiston milliy axborot agentligining eng yaqin hamkori»
«O‘zstandart» agentligi
«2020-yilda davlat dasturlarida eng faol ishtirok etgan bank»
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik-tijorat banki
«2020-yilning xalqqa eng yaqin bo‘lgan shaffof banki»
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki
«2020-yilda OAV bilan eng faol ishlagan bank tizimi»
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki
«2020-yilda xalq ishonchini qozongan bank tizimi»
«O‘zSanoatqurilish bank»
«2020-yilda mijozlarga eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xususiy bank»
«Trastbank» xususiy tijorat banki
«Yil qahramoni»
Pandemiya davrida halok bo‘lgan shifokorlar
«Yil odami — 2020» — O‘zbekistonda yil odami
Rasul Kusherbayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter