Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaxshi xabar ortidan antirekord

Yaxshi xabar ortidan antirekord

Foto: SSV matbuot kotibi

SSV matbuot kotibi o‘z kanalida O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha yig‘indi statistikani keltirdi. 

Shu yilning 28 iyul kuni mamlakatimizda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 125 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 559 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlarida jami 591 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 893 nafar bemordan 12 265 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 502 nafar bemordan 206 nafari og‘ir, 91 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring