Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokamada

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokamada

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot bo‘lish, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida korrupsiyaga chek qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Sohalar va yo‘nalishlar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» ishlab chiqish hamda ijrosini muhokama qilib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring