Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashirilgan «dori»larni qidirgan shaxslar aniqlandi

Yashirilgan «dori»larni qidirgan shaxslar aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta kishi ko‘chada yashirilgan narsalarni qidirib yurganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur videotasvir Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilib, quyidagilar aniqlandi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20-mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01.25 larda, 24-mart kuni taxminan soat 21.10 larda va 25-mart kuni taxminan soat 22.10 larda bir nechta kishi Uchtepa tumani «Davlatobod» mahallasidagi xonadonlardan birining oldida narsalarni qidirib topgan. Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida 28 nafar fuqaroning shaxsi aniqlangan. Ular o‘z ko‘rsatmalarida shu hududda yashirilgan («zakladka») giyohvand moddalarni internet orqali berilgan lokatsiya yordamida qidirib topganligini ma’lum qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring