Yaqin kunlarda jahon savdosida qoidalar o‘zgarishi mumkin
Yaqin kunlarda jahon savdosi qoidalari «de-fakto amal qilishni to‘xtatadi», deb yozadi «Der Spiegel» nashri.
Nashrning ta’kidlashicha, bunga AQShning xatti-harakatlari ortidan Jahon savdo tashkiloti (JST)ning apellyasiya organi faoliyati to‘xtatilishi sabab bo‘ladi.
Ushbu idora ishlashi uchun kamida uch a’zosi bo‘lishi shart. Hozirda uchta a’zosi ishlamoqda, biroq ulardan ikki nafarining vakolat muddati ikkinchi va oxirgi muddati 10 dekabrda tugaydi. Bundan tashqari, so‘nggi ikki yil davomida AQSh ma’murlari yangi a’zolar saylanishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.
Chorshanba, 11-dekabr kuni apellyasiya idorasi o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin, «Der Spiegel» yozishicha, jahon savdosi asosiy nazorat organining qulashi ortidan amaldagi savdo qoidalari o‘z kuchini yo‘qotadi.
Maqola muallifi ko‘ra, bu AQSh prezidenti Donald Tramp «sa’y-harakatlari» natijasi, chunki u «JSTsiz dunyoda AQSh uchun yanada qulay sharoitlar»ga ega bo‘lmoqchi. JST apellyasiya organi dekabr o‘rtalarida faoliyatini to‘xtatishi ehtimoli haqida oktyabr oyi boshida savdo bo‘yicha yevrokomissar Sesiliya Malmstryom ham bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter