«3 milliardlik zahar» — Yangiyo‘lda yashirin sex aniqlandi
Toshkent viloyatida qariyb 3,2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar savdosining oldi olindi.
DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi, 1976-y.t. fuqaro o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xorijda ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini qayta qadoqlash orqali sotuvga chiqarish bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.
Xususan, ushbu manzilda 34 turdagi 445 ming dona dori vositalari borligi aniqlandi. Ulardan 24 turdagi dori vositalari Fransiya, Germaniya, Belgiya, Vengriya, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Ukraina davlatlarida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yaroqlilik muddati 2007-2020-yillar oralig‘ida tugagan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 3 mlrd 185 mln 250 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, noqonuniy sexda qadoqlash va dori vositalarining muddatini o‘zgartirish uskunalari, qalbaki shtamp va muhrlar borligi ham ma’lum bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter