Yangiyo‘lda 400 ming dollarga yer sotayotganlar qo‘lga tushdi
Fuqaro S.X.ning Toshkent viloyati IIBB JQBga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi hamda IIV JQBBK va IJQKB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda, S.X. o‘zining jinoiy sheriklari bilan birgalikda 2019 yilda Yangiyo‘l tuman hokimligi tomonidan fuqaro M.B.ning nomiga teng sherikchilik asosida «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun Yangiyo‘l tumani «Chortoq» mahallasi hududidan ajratilgan 2,0 gektar yer maydonidan 1,0 gektarini S.X.ga 400.000 AQSh dollari evaziga sotishga kelishadi.
Shundan o‘zaro kelishilgan pullarning 30.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter