Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyerdagi kollejda er-xotin kelishmovchiligi ayanchli yakun topdi

Yangiyerdagi kollejda er-xotin kelishmovchiligi ayanchli yakun topdi

Foto: Xabar.uz

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida erkak o‘zi va xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, 2 mart kuni soat 08:20 atrofida Yangiyer shahar tibbiyot kollejida «Davlatobod» mahallasida yashovchi fuqaro R. U. o‘zidagi oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘i D. U.ning o‘ng bo‘yin, o‘ng va chap ko‘krak, chap oyoq boldir sohalariga jami yetti marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. 41 yoshli marhuma kollejning 2-bosqichida o‘qigan, voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng 46 yoshli R. U. sodir qilgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan o‘zining bo‘yin va ko‘krak sohalariga ikki marotaba urib, o‘ziga-o‘zi og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro R. U. olgan tan jarohatlari bilan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan, kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring