Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Yangiyer davlat muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

 Yangiyer davlat muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali va Guliston davlat universitetining qishloq xo‘jaligi hamda muhandislik-texnika yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida Yangiyer davlat muhandislik va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish rejalashtirilyapti.

Bu borada jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Hukumat qarori loyihasiga muvofiq institut muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda hududning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.

Institutga Boyovut, Oqoltin va Xovos tumanlaridagi politexnikumlar biriktirib beriladi.

Belgilanishicha, institut Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining huquqiy vorisi hisoblanadi va 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Institut diplomi beriladi.

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab Guliston davlat universitetining qishloq xo‘jaligi hamda muhandislik-texnika yo‘nalishlariga talabalar qabuli to‘xtatiladi va Guliston davlat universitetining mazkur ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda tahsil olayotgan barcha talabalari o‘qishini Guliston davlat universitetida davom ettiradi.

Manba: regulation.adliya.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring