Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kechasi «ognetushitel» portlatganlarga hukm o‘qildi

Yangi yil kechasi «ognetushitel» portlatganlarga hukm o‘qildi

Yangi yil kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida, «Samarqand darvoza» majmuasi yaqinida bir nechta yigitlar yo‘lning o‘rtasida «ognetushitel»ni portlatishgan edi.

JIB Shayxontohur tumani sudida mazkur holat bo‘yicha 8 nafar shaxsga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Millar»  ko‘rsatuvida ma’lum qilingan. 

Sudlanuvchilarning eng kattasi 25 yoshda, eng kichigi esa 19 yoshda.

Sud hukmiga ko‘ra, 5 nafar sudlanuvchiga nisbatan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish, 3 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tekshiruv olib borgandi.

Portlash oqibatida M.S. (1997-yilda tug‘ilgan) qorin yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, M.A. (1999-yilda tug‘ilgan) o‘ng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati hamda X.N. (2006- yilda tug‘ilgan) o‘ng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari noto‘liq amputatsiyasi tashxisi bilan turli ko‘rinishdagi tan jarohati olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring