Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?

Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

  • 31 dekabr — shanba (Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);
  • 1 yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);
  • 2 yanvar — dushanba (ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
  • 3 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni).

30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni bo‘ladi.

Avvalroq 2023 yil uchun dam olish kunlari e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring