Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi rekord bilan oltin medal qo‘lga kiritildi!

Yangi rekord bilan oltin medal qo‘lga kiritildi!

Hozirgina para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.

Ta’kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. U BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini o‘rnatgan edi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring