Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–784-son, 22.07.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, iste’molchilarning sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kafolatlanadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Har qanday tashkilotlar ichimlik suvi ta’minoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘ladi.

Iste’molchilar ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz ko‘rsatilishini, shuningdek o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirmaydigan sifatga va miqdorga ega bo‘lgan ichimlik suvi berilishini shartnoma shartlariga muvofiq talab qilish huquqiga ega.

Ichimlik suvi inshootlari suv ta’minoti darajasi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • І toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq;
  • ІІ toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggacha;
  • ІІІ toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 5 minggacha.

Ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz bo‘lishi kerak.

Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:

  • ichimlik suvi ta’minoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
  • ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
  • ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
  • favqulodda vaziyatlarda.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi va OAVda e’lon qilingandan keyin 15 kundan so‘ng kuchga kiradi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring