Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi o‘quv mavsumida ham «online-maktab» davom etadi. Qaror loyihasi e’lon qilindi

Yangi o‘quv mavsumida ham «online-maktab» davom etadi. Qaror loyihasi e’lon qilindi

Foto: XTV

Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2020/2021 yilgi o‘quv mavsumida onlayn darslarni davom ettirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilgan.

Loyihada aytilishicha, onlayn maktabni davom ettirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan. Vazirlar mahkamasi tomonidan ushbu taklifga rozilik berilgan. Yangi o‘quv yili uchun videodarslarni tasvirga olish ishlari joriy yilning avgustidan boshlanadi.

Unga ko‘ra:

— koronavirus pandemiyasi davrida televizon videodarslar namoyish etilgan uchta telekanaldan «online-maktab» loyihasini davom ettirish maqsadida foydalaniladi va yanada takomillashtiriladi;

— televizion videodars va videomashg‘ulotlarni doimiy tasvirga olishni tashkil etish uchun «O‘zbekiston MTRK Mediamarkazi» binosida maxsus telestudiya ajratiladi va texnik talablar asosida jihozlanadi;

— «online-maktab» loyihasi doirasida 2020 yil 1 avgustdan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun televizion videodarslarni tasvirga olish yo‘lga qo‘yiladi;

— «online-maktab» loyihasi doirasida televizion videodarslar har o‘quv yili davomida efirda namoyish etib boriladi;

— televizion videodarslar Vazirlik tomonidan taqdim etiladigan dars jadvallari asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan belgilanadigan telekanallar orqali namoyish etib boriladi;

— loyihalarga jalb etiladigan o‘qituvchilarga har bir televizion videodars va videomashg‘ulotlar uchun (asosiy ish haqidan tashqari) bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida, muharrir va surdopedagoglarga har bir ishlagan kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;

— «online-maktab» loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasining tizimni raqamlashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring