Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir davlat xaridi bekor qilindi: korxona yarim milliardlik xaridini begona qilmagan

Yana bir davlat xaridi bekor qilindi: korxona yarim milliardlik xaridini begona qilmagan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi «Avtomagistral» unitar korxonasi buyurtmachiligida transport xizmatini ko‘rsatish uchun joriy yil 25-mart kuni o‘tkazilgan 2 ta (1 mlrd 55 mln hamda 515 mln so‘mlik) jami 1 mlrd  570 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur jarayonda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning qator talablari buzilgan.

Xususan, xarid komissiyasi tomonidan 515 mln so‘mlik davlat xaridida ishtirok etgan talabgor va g‘olib deb topilgan MChJ ta’sischisi B.M. ayni paytda «Avtomagistral» UK xarid komissiyasi a’zosi va korxona bosh muhandisi bo‘lgan. 

Bundan tashqari, har ikki davlat xaridida ham komissiyasi kotibi tanlovda ishtirok etgan tadbirkorlarning hujjatlarini maxsus elektron platformaga yuklashda bitta IP-manzildagi kompyuterdan foydalangan.

Hozirda ushbu davlat xaridi bekor qilinib, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. Shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham xizmat tekshiruvi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Agentlik Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligining 200 mln so‘mlik davlat xaridini bekor qilingani haqida xabar bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring