Yana antirekord: kasallik yuqtirish bo‘yicha ham, o‘limlar soni bo‘yicha ham
Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 843 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 556 nafarga yetdi, 8 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
2021-yil 27-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 (+843) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 21 nafari Buxoro viloyatida,
- 89 nafari Jizzax viloyatida,
- 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 18 nafari Navoiy viloyatida,
- 31 nafari Namangan viloyatida,
- 85 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 56 nafari Xorazm viloyatida,
- 98 nafari Toshkent viloyatida,
- 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 121145 (+825) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter