Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yallama» posti orqali kirib kelayotgan portlovchi modda ushlab qolindi

«Yallama» posti orqali kirib kelayotgan portlovchi modda ushlab qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Yallama» chegara bojxona postida O‘zbekistonga yashirin ravishda olib kirilayotgan 1,85 kilo «porox» moddasi fosh qilindi.

Xabarda aytilishicha, nazorat o‘tkazish punktida «DAF» rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilganda avtomashinaning bagaj qismida, yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona qog‘oz quti ichida saqlab kelingan «porox» aniqlangan.

Belgilangan ekspertiza tekshiruvi «porox»ning portlovchi moddalar tarkibiga kiruvchi modda ekani haqida xulosa bergan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasining hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring