Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi

Xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi

Foto: «Allbiz»

Prezident qarori bilan 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

«Yo‘l xaritasi»da jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagicha tadbirlarning amalga oshirilishi belgilangan: 

- qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, xususan, nodavlat tashkilotlarga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash faoliyatiga va xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berish;

- ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari xodimlari uchun mobil videokameralar hamda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimi plenshetlarini xarid qilish;

- alkogoldan o‘tkir mastlik holatida bo‘lib, o‘zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug‘diruvchi shaxslarni vaqtincha izolyasiyalash va reabilitatsiya qilish uchun har bir tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar (hushyorxona) ajratish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring