Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingi tuzildi

Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingi tuzildi

Gonkong.

Foto: «The Sovereign Group»

«ECA International» konsalting kompaniyasi o‘z tadqiqotlariga asoslanib, xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingini tuzdi. Turarjoy narxi yuqoriligi bois Gonkong (Xitoy) ushbu ro‘yxatning eng tepasidan joy oldi.

Top-5ga, shuningdek, Tokio (Yaponiya), Nyu-York (AQSh), Jeneva (Shveysariya) va Syurix (Shveysariya) kirdi.

Keyingi pog‘onalarda: London (Buyuk Britaniya), Tel-Aviv (Isroil), Seul (Janubiy Koreya), San-Fransisko (AQSh) va Yokogama (Yaponiya).

Reytingga katta Xitoyning uch shahri kirgan: Shanxay (11-o‘rin), Guanchjou (15) va Pekin (18).

Yevropaning ayrim shaharlari ro‘yxatda quyidagi tartibda joylashgan: Kopengagen (Daniya, 12-o‘rin), Parij (Fransiya, 29-o‘rin), Xelsinki (Finlyandiya, 44-o‘rin) va Myunxen (Germaniya, 48-o‘rin).

Ekspertlar reytingda shaharlarning joylashuviga qator ko‘rsatkichlar, jumladan, mamlakatlar valyutalarining qadri ham o‘z ta’sirini ko‘rsataganini ta’kidlashgan. Masalan, «kuchli» yevro va funt sterling sababli aksariyat ekspatlar (xorijga borib ishlovchilar) chet elda yashash qimmatlashganini sezishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring