Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish uchun test grafigi tasdiqlandi

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish uchun test grafigi tasdiqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2019-2020 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun masofaviy onlayn test sinovlarni o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.

Masofaviy onlayn test sinovlari belgilangan quyidagi hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi:

 Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha:

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU);
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
- Toshkent moliya instituti (TMI).

 Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari bo‘yicha:

- Namangan davlat universiteti (NamDU);
- Namangan muhandislik texnologiya instituti (NamMTI).

Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari bo‘yicha:

- Jizzax politexnika instituti (JizPI).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:

- Qoraqalpoq davlat universiteti (QQDU).

 Qashqadaryo viloyati bo‘yicha:

- Qarshi davlat universiteti (QarDU).

Surxondaryo viloyati bo‘yicha:

- Termiz davlat universiteti (TerDU).

Buxoro, Navoiy viloyatlari bo‘yicha:

- Navoiy davlat konchilik instituti (NavDKI).

Xorazm viloyati bo‘yicha:

- Urganch davlat universiteti (UrDU).

Diqqat: Test topshiruvchilardan test sinovlarini o‘tkazish grafigiga qat’iy amal qilgan holda belgilangan muddatda belgilangan joyga pasport (asl nusxasi) bilan kelishlari talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring