Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmning ikki tumanida IT-markazlar tashkil etildi

Xorazmning ikki tumanida IT-markazlar tashkil etildi

Foto: Hazorasp tuman hokimligi Axborot xizmati

Xorazm viloyating Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.

Bunga qadar 3-tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Xorazm viloyatida 2019-yilda Xiva shahrida hamda 2020-yilda Gurlan, Yangibozor, Bog‘ot tumanlarida jami to‘rtta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochilgan edi. O‘tgan davr mobaynida o‘quv markazlarga dasturlash asoslari, kompyuter savodxonligi va kompyuter grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha 500 nafardan ortiq yoshlar jalb etilib, 200 nafardan ortiq yoshlar o‘quv kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi va ularga sertifikatlar topshirildi.

«O‘zbektelekom» AK Xorazm viloyati filiali Hazorasp tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi ma’muriy binosida tashkil etilgan markazning ochilishida AKT vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev, vazirlikning Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov va tuman hokimi O‘.Masharipovlar ishtirok etdilar.

Ushbu o‘quv markazi zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, unda yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishida o‘quv kurslari o‘tkaziladi.

Ushbu markazda ta’lim oluvchilar bosqichma-bosqich axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar sifatida tayyorlanadi.

Viloyatning Tuproqqal’a tumanidagi markazning ochilish marosimida ham AKT vazirining o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev qatnashdi.

Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.



Mazkur markazda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan.

Shuningdek, mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda Xorazm viloyati bo‘yicha «Bir million dasturchilar» platformasida 3 018 dan yosh yigit-qizlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 178 nafar yoshlar kursni tugatib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring