Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda diplomfurushlar qo‘lga olindi

Xorazmda diplomfurushlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro D.M. fuqaro D.I.ning ishonchiga kirib, unga Urganch davlat universiteti tomonidan berilgan akademik ta’tilini to‘g‘rilab, diplom olib berishi evaziga 900 AQSh dollari va 1,3 mln so‘mni tanishi M.Ya. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.M. fuqarolar B.O. va A.B.ni aldab, ularning Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini go‘yoki Qirg‘iz Respublikasidagi xalqaro universitetga ko‘chirib, ushbu ta’lim muassasasini tugatganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring