Xorazmda Al-Xorazmiy maktabi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasida kadrlar tayyorlash hamda Prezident, ixtisoslashgan va ijod maktablarida ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbarining qayd etishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Al-Xorazmiy maktabi Xorazmda ham quriladi.
«Bu maktab Xorazmga, Al-Xorazmiy avlodlariga yarashadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektorda.
Al-Xorazmiy maktabi IT-park va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim shakllarini o‘zida jamlagan zamonaviy majmua bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘qitilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter