Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan korxona fosh qilindi

Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan korxona fosh qilindi

«O‘zenergoinspeksiya»ning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Urganch shahrida faoliyat yurituvchi «T. Y.» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, korxonaga tegishli elektr uskunalari hisoblagichdan chetlab ulanib, elektr energiyasi noqonuniy ravishda iste’mol qilib kelingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur holat ortidan elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 207 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring