Xorazmda 1 mlrd so‘mlik tillaning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Viloyat bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) tilladan tayyorlangan 5,95 gramm og‘irlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli savdo shahobchasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda qiymati dastlabki hisob-kitoblarga 1 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi 1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter