Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
![Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/6/3/720_460_95_633791920.jpg)
Botir Saidov Ozodovich Xorazm viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
U 1975-yil Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 1997-yilda Urganch Davlat universiteti, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Botir Saidov 2020-yil 17-dekabrdan buyon viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter