Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonandani chuv tushirishdi

Xonandani chuv tushirishdi

Televideniye va radio orqali tanilishni istagan xonanda firibgarning tuzog‘iga tushib qoldi.

2023-yil 24-mart kuni Sirdaryo tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi 39 yoshli X.Sh. ariza bilan murojaat qilib, unda noma’lum bo‘lgan shaxs uning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini «Vodiy sadosi» radiosida ishlovchi «Muzaffar Ochilov» deb tanishtirib, uning qo‘shiqlarini radioda reklama qilib berish evaziga undan ikki marotaba 1.200.000 so‘mdan jami 2.400.000 so‘m hamda «ZO‘R TV» kanaliga chiqarib berish uchun 400.000 so‘m pullarini 9860 60 **** 3895 raqamli plastik kartasiga tashlash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, aldab ketganini ma’lum qilgan.

Uni so‘rab surishtirganida esa o‘zini «Muzaffar Ochilov» deb tanishtirgan shaxs radio sohasida ishlamasligini bilgan va ushbu shaxsni aniqlashda, pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, «Muzaffar Ochilov» deb o‘zini tanishtirgan shaxs aslida hech qayerda ishlamaydigan, Andijon viloyatida yashovchi 28 yoshli Yu.O. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yu.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring