Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat ko‘rsatishning qaysi sohalarida o‘sish yuqori?

Xizmat ko‘rsatishning qaysi sohalarida o‘sish yuqori?

Foto: «Yevro-Reyting»

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yil yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 54498,0 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,0 foizni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushni transport xizmatlari (30,2 %) tashkil etdi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Bugungi kunda xizmatlar sohasining tez rivojlanayotgan turlariga AKT va moliya-kredit muassasalarining xizmatlari taalluqlidir. Yangi texnologiyalar va bozorni erkinlashtirish natijalariga tayangan holda, ushbu faoliyat turlari so‘nggi vaqtlarda rivojlanishning yangi bosqichiga chiqdi va hozir kunda jamiyatning texnologik taraqqiyoti va iqtisodiyotning globallashuvida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring