Xitoyning «Uch dara» to‘g‘oni Yerni sekinlashtirdi

Xitoyning «Uch dara» to‘g‘oni Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini sekinlashtirgan. Bu haqda NASA olimlari bayonot berishdi.
Ta’kidlanishicha, bu to‘g‘on suv omborida suv shunchalik ko‘pki, uning og‘irligidan sayyoramiz o‘qi 2,5 santimetrga siljigan va buning oqibatida bir kecha-kunduz (sutka) 0,06 mikrosekundga uzaygan.
Ma’lumot uchun: «Uch dara» — Xitoyning Xubey provinsiyasida, Yanszi daryosida qurilgan gravitatsion to‘g‘onli gidroelektrstansiyasi. Dunyodagi eng kuchli elektr stansiyasi hisoblanadi — 22,5 GVt. 2014-yildan boshlab yiliga 90-100 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter