Xitoylik milliarder «Daimler» aksiyalarining 10 foizini sotib oldi

O‘tkan juma kuni Germaniyaning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi konserni hisoblanmish «Daimler» aksiyalarining qariyb 10 foizi xitoylik Li Shufu qo‘liga o‘tganligi dunyo biznes olamini va Germaniya sanoati vakillarini larzaga soldi. Bu haqda bir qator xorij ommaviy axborot vositalari va biznesga oid saytlar xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Li Shufu «Daimler»ning 9,7 foiz, ya’ni umumiy qiymati qariyb 7,5 milliard dollarga teng aksiyalarini sotib olgan va konsernning asosiy aksioneri bo‘lib turibdi. Shuningdek, «Daimler» aksiyalarining 1,55 foizi Fransiyaning «Renault» va yana shunchasi Yaponiyaning «Nissan» korporotsiyasiga tegishli.
1963 yil 25 iyunda Xitoyning Zeijang viloyatida kambag‘al sholikor oilasida dunyoga kelgan Li 1986 yilga kelib o‘zining ilk tashkilotiga asos soladi. «Geely» deb nomlanuvchi bu tashkilot dastlab muzlatgichlar uchun mayda detallar sotgan. Ungacha esa turistlarni suratga tushirish bilan shug‘ullangan Li Shufu bugun «Daimler»ning asosiy aksioneri hisoblanadi. 1998 yilda ilk avtomobilini yaratgan Li 2010 yilda mashhur shved markasi «Volvo»ni sotib oldi. «Geely» bugun Xitoyning asosiy shaxsiy avtomobillar ishlab chiqaruvchi konsernlaridan biri hisoblanadi. Li Shufu Xitoyning eng boy kishilari ro‘yxatida 50-o‘rinda turadi.
Eslatib o‘tamiz, «Daimler» dunyoga mashhur «Mercedes-Benz» hamda «Smart» avtomobillarini ishlab chiqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter