Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda xorijiy OAVni o‘quvchilar so‘roq qilina boshlandi

Xitoyda xorijiy OAVni o‘quvchilar so‘roq qilina boshlandi

Foto: «Financial Times»

Xitoyda Milliy xavfsizlik vazirligi smartfonlarga firibgarlar va har xil zararli dasturlardan himoyalovchi ilovani o‘rnatishni tavsiya qilmoqda. Biroq ilovada fuqarolarning nimalarga qiziqishini kuzatib boruvchi maxfiy funksiya yashirilgan...

«Financial Times» yozishicha, Milliy xavfsizlik vazirligi ilovani tiqishtirayotgani yo‘q, shunchaki tavsiya qilyapti. Biroq mahalliy miqyosda ilovani o‘rnatish majburiy tusga kirgan. Manbaga ko‘ra, bu ilovani o‘rnatmasdan turib ijtimoiy nafaqani rasmiylashtirish, kerakli hujjat ishlarini to‘g‘rilash, hatto pasport olish ilojsiz.

Ilovaning mohiyati — ayg‘oqchilik: foydalanuvchining qaysi saytlarga kirganini, ayniqsa, taqiqlanganlar reyestriga kiritilgan g‘arb resurslariga tashriflarini kuzatib boradi. Ba’zi foydalanuvchilarga ko‘ra, qaysidir g‘arb saytiga kirilgani zahoti politsiyadan chaqiruv bo‘lgan, ularning chet eldagi aloqalarini surishtirishni boshlashgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «tavsiya-majburiy» ilovani 200 millionga yaqin fuqaro ko‘chirib o‘rnatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring