Xitoy restoranlarining birida pishirilgan baliq likopchadan sakradi (video)
«The Daily Mail» nashri xabariga ko‘ra, restoran xo‘randalariga piyoz hamda soya sousi bilan pishirilgan baliq keltirilgan. Mijozlar baliqning hali harakatda ekanini payqab qoldilar. Bir necha soniyadan so‘ng esa baliq stolga sakradi.
Qayd etilishicha, baliq juda tez fursatda tayyorlangani bois uning asab tizimi qayta tiklanish va tashqi ta’sirlarga reaksiya bildirishga qodir bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter