Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy rasman Afg‘onistonga yangi elchi tayinladi

Xitoy rasman Afg‘onistonga yangi elchi tayinladi

Xitoy Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan beri rasman yangi elchi tayinlagan birinchi davlat bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy elchisi Kobuldagi rasmiy marosimda Tolibon bosh vaziriga ishonch yorliqlarini topshirgan.

«Bu Xitoyning Afg‘onistondagi elchisining normal rotatsiyasi bo‘lib, u Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirish uchun mo‘ljallangan. Xitoyning Afg‘onistonga nisbatan siyosati aniq va izchil», – dedi Xitoy TIV vakili.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning avgust oyida «Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgandi. Shu vaqtgacha hech bir mamlakat rasman Afg‘onistonga elchi yubormagan. Bu bilan Xitoy Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyatga kelganidan so‘ng rasman elchi tayinlagan birinchi davlat bo‘ldi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring