Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Qozog‘istonning asosiy savdo-iqtisodiy sherigiga aylandi

Xitoy Qozog‘istonning asosiy savdo-iqtisodiy sherigiga aylandi

Joriy yilning iyun oyi boshida Xitoyning Qozog‘iston tashqi savdosidagi ulushi 19,2 foizga yetdi va birinchi marta Qozog‘iston-Rossiya savdosi ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi. Bu haqda «Inbusiness.kz» hisobotida keltiriladi.

Hozirda Qozog‘iston bilan tashqi savdo operatsiyalarida Rossiyaning ulushi mos ravishda 18,8% ni tashkil etmoqda, 2022 yilda Qozog‘istonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Xitoyga eksporti deyarli 40 foizga o‘sgan.

O‘tgan yildan boshlab Qozog‘istonning Xitoy bilan savdo hajmi kengayishni boshladi. 2022 yilda Rossiya bilan savdo aylanma 1,5 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Xitoy bilan 6,2 milliard dollarni tashkil etgan. 

Joriy yilning yanvar-may oylarida Qozog‘istonning Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi 10,7 milliard dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 8,8 milliard dollarni tashkil etgan.

Xitoy ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Qozog‘iston bilan tashqi savdo nominal hisobda 7 milliard dollarga oshib, 31,2 milliard dollarni tashkil qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasi Qozog‘iston uchun o‘nlab yillar davomida asosiy savdo sherigi bo‘lib kelgan edi. Biroq Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi, sanksiyalar va yangi geosiyosiy voqeliklar muvozanatni o‘zgartirdi..

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring