Xitoy hukumati pul siyosati rahbarini almashtirdi
Xitoy hukumati valyuta regulyatorining yangi rahbarini tayinladi.
Chju Xesin iyul oyida Xitoy Xalq banki rahbari etib tayinlangan Pan Gunshenni almashtirdi. Bu o‘zgarish Xitoy valyuta kursini barqarorlashtirishga harakat qilayotgan paytda sodir bo‘ldi.
Xitoy hukumati Chju Xesinni Valyuta davlat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinladi (u mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi, oktabr holatiga ko‘ra ular 3,1 trillion dollarga baholanmoqda; shuningdek, u valyuta kursini tartibga solishda ham ishtirok etadi), deb yozadi Bloomberg.
Chju Xesin bank sohasida 20 yildan ortiq ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter