Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xazina o‘g‘rilari ustidan sud hukm chiqardi — Britaniya

Xazina o‘g‘rilari ustidan sud hukm chiqardi — Britaniya

Foto: BBC

To‘rt yil muqaddam ikki nafar havaskor arxeolog Xerefordshir grafligidagi daladan anglo-saks davriga oid 300 dona tanga topib olgandi. BBC xabariga ko‘ra, ular xazinani olibsotarlarga pullab yuborishgan.

Milodning IX asrida zarb etilgani taxmin qilinayotgan tangalar 3 mln. funt sterlingga baholangan.

22-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan alohida sud majlislarida xazinani topib sotib yuborganlar hamda olibsotarlar ustidan hukm o‘qildi — ularga 10 yildan 5 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi.

300 ta tangadan 31 tasi topilgan. Foto: BBC

Hukumat yashirinchi sotib yuborilgan tarixiy ashyolarni qisman topdi ham: bir nechta taqinchoq — ular orasida IX asrda yasalgan tilla uzuk, ajdaho boshi shaklidagi bilaguzuk, billur munchoq, 10-50 ming funtga baholanayotgan 31 dona tanga hamda kumush yombi, xolos. Xazinaning asosiy qismi beiz yo‘qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring