Xayr, Ameliya. Bo‘shsan.
Shvetsiyaning «Nordnet» onlayn banki Ameliya ismli onlayn ko‘makchisini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda «Business Insider» xabar bergan.
Kompaniya sun’iy intellekt xizmatidan 2017-yildan boshlab foydalanayotgandi. O‘shanda Ameliyaga bankka mijozlarni ko‘proq jalb qilish va ularning xizmatlardan qanoatlanish darajasini oshirish topshirig‘i berilgandi.
Ammo bank rahbariyatining hafsalasi pir bo‘ldi: Ameliya na unisini, na bunisini uddalay olgan.
«Tizim yaxshi ishlayapti, ammo a’lo emas. Shuning uchun ham biz sun’iy intellektdan boshqa maqsadlarda foydalanishga o‘tamiz», — dedi bank rahbari Peter Dalgren.
Ameliya AQShning «IPSoft» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va dunyodagi turdosh tizimlar orasida eng yaxshilaridan sanaladi. Uning xizmatlaridan juda ko‘p mamlakatlarda foydalanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter