Xavf ostida bo‘lgan qirol va qirolicha koronavirusga qarshi emlandi
Norvegiya qiroli Xarald V va qirolicha Sonya SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilishdi. Bu haqda qirol saroyi press-reliziga asoslanib «Klartale» xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, «Pfizer» firmasining vaksinasi ishlatilgan. Emlash samarali bo‘lishi uchun monarxlar uch haftadan so‘ng ikkinchi in’yeksiyani qabul qilishadi. Ular bilan birga malika Astrid ham vaksinatsiya qilingan. U 88 yoshda, qirol va qirolicha 83 yoshda. Shunday ekan, ularning uchalasi ham xavf ostida.
Qirolning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi unga xavf solishi amrimahol, chunki u ko‘p vaqtini yolg‘iz o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter