Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro Buker mukofoti hindistonlik ayol yozuvchiga topshirildi

Xalqaro Buker mukofoti hindistonlik ayol yozuvchiga topshirildi

Foto: «News9live»

Hindistonlik yozuvchi Gitanjali Shri «Qum qabr» romani uchun Xalqaro Buker mukofotining 2022-yildagi sohibasiga aylandi.

Asar hind tilidan inglizchaga o‘girilgan. Ta’kidlanishicha, bu Buker mukofotiga sazovor bo‘lgan Hindiston tillaridan birida yozilgan ilk asar.

Romanning syujeti qiziq. Bosh qahramon — Hindiston shimolida yashovchi 80 yoshli ayol. «Kutilmaganda uning hayoti keskin o‘zgarib, g‘ayriodatiy tusga kiradi», — deyiladi roman relizida.

Xalqaro Buker mukofoti 2005-yilda ta’sis etilgan. Xorij yozuvchilariga ingliz tiliga tarjima qilingan hamda Buyuk Britaniya yoki Irlandiyada nashr etilgan asarlari uchun topshiriladi. G‘olib 50 ming funt sterling ($63 ming atrofida) oladi, pul mukofoti muallif va tarjimon o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring