Xalq ta’limi vazirligi Blogerlar chempionati uchun yana bir nominatsiya joriy qildi
2018-yilning 12-aprel kuni start olgan Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. Xalq ta’limi vazirligi chempionat doirasida «Xalq ta’limi tizimidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan eng yaxshi blogpost» nominatsiyasini joriy qildi.
Mazkur nominatsiya g‘olibi vazirlikning esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. G‘oliblar Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati tomonidan aniqlanadi.
Mavzuga doir:
Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?
Blogerlar chempionati doirasida e’lon qilingan nominatsiyalar g‘oliblarini saralashda ham ishtirokchilarning mustaqil fikriga, ta’lim sohasidagi muammolarni aniq misollar bilan ochib berish va ularning yechimlarini taklif etishiga, umumta’lim maktablari faoliyatiga innovatsion yangiliklarni, rivojlangan davlatlarning sinovdan o‘tgan tajribalarini joriy qilish, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatinini oshirirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarga alohida ahamiyat beriladi.
Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?
Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter