Voyaga yetmaganning qo‘lidagi pichoq: oliftagarchilik emas...
TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylangan videolardan birida maktab kiyimida bo‘lgan voyaga yetmagan bola turar-joy yaqinida pichoq ko‘tarib yurgani ko‘rinadi. O‘smirning bu hatti-harakati tarmoq foydalanuvchilarini xavotirga solgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, o‘smir – 17 yoshli Z.N. Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablardan birida bitiruvchi sinf o‘quvchisi ekan. Ma’lum bo‘lishicha, ta’lim muassasasi ma’muriyati ham yuqoridagi postga e’tibor qaratishgan. O‘smirning otasi 44 yoshli Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan A.N. maktabga suhbatga chaqirilgan, ammo vaqti yo‘qligini aytib, maktabga qarindoshini jo‘natgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro BHMning 2 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, holat to‘g‘risida ma’lumot Olmazor tumani Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyaga jo‘natildi.
Maktab ma’muriyati tomonidan Olmazor tumani IIO FMB inspektor-psixologi ishtirokida o‘smir va uning yaqinlari bilan profilaktik suhbat tashkil etilgan. Shuningdek maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan ta’lim muassasasiga pichoq va boshqa xavfli buyumlarni olib kelish mumkin emasligi to‘g‘risida suhbat o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter