Voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan IIB xodimi qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlardagi Toshkent shahar Mirobod tumani IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkanligiga oid xabarlar o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Shu mazmundagi xabarni Xabar.uz’ning huquqni muhofaza qiluvchi organdagi hamda jabrlanuvchiga yaqin bir-biridan mustaqil manbalari ham tasdiqladi.
Unga ko‘ra, profilaktika inspektori bo‘lgan IIB leytenanti 13 yoshli qizni Bo‘stonliq tumanidagi dala hovlilarning biriga olib borib, nomusiga tekkan. Mazkur holat jabrlanuvchining qarindoshlari shikoyatini o‘rganish jarayonida inkor etib bo‘lmas dalillar bilan aniqlangani aytilmoqda.
Ayni paytda IIB xodimi tizimdan bo‘shatilgan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumondor qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter