Vetnamdagi dahshatli to‘fonda 233 kishi halok bo‘ldi
Vetnam shimolidagi «Yagi» to‘foni oqibatida 233 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi VnExpress internet nashri.
Bir kun avval 197 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Qutqaruvchilar avval bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan 123 kishini tirik holda topishdi. Hozirda yana 103 nafar fuqaroni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, tayfun tufayli 800 dan ortiq qurbonlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
VnExpress ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p jabrlangan hududlar shimoliy Lao Kay provinsiyasida qayd etilgan. Ayni paytda Myanmada to‘fon sabab bo‘lgan yomg‘irlar tufayli 17 kishi, Tailandda esa 9 kishi halok bo‘ldi.
To‘fon 7 sentyabr kuni Vetnamga zarba berdi. Bu mamlakat shimolida kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilarga olib keldi. Sentyabr oyi boshida Xitoy janubi va Filippinda dovul kelib chiqqan edi.
Yagi to‘font bu yil mintaqada sodir bo‘lgan eng kuchli dovul va Vetnamga o‘nlab yillardagi eng kuchli tabiiy ofat bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter