Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik abituriyentlar uchun ogohlantirish e’lon qildi

Vazirlik abituriyentlar uchun ogohlantirish e’lon qildi

Foto: Edu.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar yuzasidan abituriyentlarni ogohlantirdi. 

«Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga hech qanday sertifikat bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko‘rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o‘quv yurtlarini tanlashlari so‘raladi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring