Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomsiz bo‘lgan

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomsiz bo‘lgan

Joriy yil 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasi xodimlarining ikki nafaridan COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. O‘rganishlar natijasida koronavirus ularda klinik belgilarsiz (simptomlarsiz) kechayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh vazirning matbuot xizmati xabar berdi.

«Belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilib ushbu xodimlar shifokorlar nazoratiga olindi. Ular bilan ish jarayonida muloqotda bo‘lgan xodimlar ikki hafta muddatga karantinga o‘tkazildi va ayni paytda Vazirlar Mahkamasi doimiy tartibda ishlamoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, hukumat pandemiya davrida muntazam ravishda faoliyat yuritib kelmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring