Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir va hokimlikka nomzodlardan korrupsiyani oldini olishga doir aniq rejasi so‘ralishi mumkin

Vazir va hokimlikka nomzodlardan korrupsiyani oldini olishga doir aniq rejasi so‘ralishi mumkin

Oliy Majlis palatalariga vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilash tavsiya qilinmoqda.

Bu borada Prezidentning «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-71-son farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, shuningdek, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashishda parlamentning rolini tubdan oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga quyidagilar tavsiya etildi:

  • har yili budjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • xalqaro tajribani o‘rganib, kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
  • ishchi guruh tuzib «jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi»da har oyning 1–5 sanalarida «qizil» toifadagi mahallalarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish;
  • hududiy prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish hamda xalqchil tashabbuslar asosida qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 2025-yil 5-martda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring